Har bir bola o'zining yoshi, sog'lig'ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.
Ishga qabul qilishga o'n olti yoshdan yo'l qo'yiladi.
Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlarining o'quvchilarini ularning sog'lig'iga hamda ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o'qishdan bo'sh vaqtida bajarishi uchun — ular o'n besh yoshga to'lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi.
Davlat o'n sakkiz yoshga to'lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta'lim bilan qo'shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko'rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta'minlanishini kafolatlaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari
(20-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.