Yo'nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi:
transport tashkiloti yoki yo'lovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yo'nalish to'g'risidagi axborot;
yo'l, kommunal tashkilotlar hamda ixtiyorida yo'llar, sun'iy inshootlar, temir yo'ldan kesib o'tish yo'llari va boshqalar bo'lgan boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yo'nalishdagi yo'l sharoitlari haqidagi ma'lumotlar (yo'l chetlari o'tish joylari parametrlari va ularning holati, yo'l rejasi va profili elementlari, harakat tig'izligi va tarkibi, sun'iy inshootlar, temir yo'ldan kesib o'tish yo'llari, parom va muzliklar orqali o'tish yo'llarining holati, harakatni tashkil etish vositalari mavjudligi va boshqalar);
davlat avtomobil nazoratining yo'l-transport hodisalari ko'p bo'ladigan joylar, ularning sabablari to'g'risidagi ma'lumotlari;
yo'nalishda ishlovchi haydovchilardan so'rab-surishtirish;
yo'nalishni bevosita tekshirish asosida baholanadi.
Tegishli tashkilot rahbarlari ko'rsatib o'tilgan axborotni komissiyalarga o'z vaqtida taqdim etishga majburdir.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
I2-62-band. VIII. Yo'llarni tekshirish — I2-62-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.