Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

I2-61-band. VIII. Yo'llarni tekshirish — I2-61-band

Ochilishi rejalashtirilayotgan yo'nalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yo'l, kommunal va boshqa), shuningdek yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyalar a'zolari o'z vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yo'nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javobgar bo'ladilar. Komissiyalar yangi yo'nalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi: a) yo'nalish bo'yicha yo'lovchilarning tashishga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi; b) harakat sxemasini belgilaydi va avtomobil yo'li sharoitini o'rganadi hamda yo'nalishni qonunchilikda belgilangan harakat xavfsizligi talablariga mos bo'lishini aniqlaydi; v) yo'nalish bo'ylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi; g) yo'nalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan xulosa tayyorlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.