Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

I2-40-band. VI. Bolalarni tashish — I2-40-band

Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga o'qituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamkorlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish to'g'risidagi masala joylarda sog'liqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi. Bolalar, umumta'lim maktablari va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'quvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta'lim muassasasi ma'muriyati (tashkilotchi) jo'nab ketish sanasini, yo'nalishni va jo'nab ketuvchilar sonini ko'rsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga yoki o'rta maxsus ta'lim boshqarmasiga murojaat qiladi. Bolalar, umumta'lim maktablari va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'quvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari jo'nab ketishi to'g'risida qarorlar qabul qilish, qoidaga ko'ra, jo'nab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi. Jo'nab ketish uchun tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limi yoki o'rta maxsus ta'lim boshqarmasining ruxsatnomasi olingandan keyin ta'lim muassasasi ma'muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzadi. Ta'lim muassasasi ma'muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin jo'nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yo'lini, shuningdek, barcha yo'lovchilar ro'yxatini, avtobuslar to'g'risidagi (mansubliligi, markasi, davlat ro'yxatdan o'tkazish raqami belgisi) to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rsatgan holda hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan boriladigan qatnov yo'lida ob-havo yoki yo'l sharoitlarining nomuvofiqligi, shu jumladan, borish punktiga harakatlanishda cheklanishlar mavjudligi, shuningdek, transport vositalari va haydovchilar malakasining yo'l harakati xavfsizligi talablariga nomuvofiqligi holatlarida hamrohlik qilish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.