Quyidagilar mulkchilik shakllaridan qat'i nazar avtobuslarda yo'lovchilar tashishni amalga oshiruvchilarning xavfsizlikni ta'minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtobuslarni tegishli malakaga ega bo'lgan haydovchilar bilan butlash;
Yo'l harakati qoidalari bo'yicha mashg'ulotlarni belgilangan muddatlarda o'tkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish;
haydovchilarning o'z vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yo'lga chiqishdan oldin muntazam tibbiy ko'rikdan o'tishi ustidan nazoratni tashkil etish;
haydovchilarning stajirovkasi o'z vaqtida o'tkazilishi va ularga yo'l-yo'riq berilishi;
haydovchilarni avtobus yo'nalishlari sxemalari, shuningdek yo'nalishdagi ob-havo sharoitlari yo'l holatining o'zgarishi va yo'l harakatini tashkil etish to'g'risidagi axborot bilan ta'minlash;
haydovchilar tomonidan ish vaqtining yo'l qo'yiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish;
avtobuslarni texnik jihatdan soz holatda saqlash;
yo'lovchilar tashishni oqilona tashkil etish;
xavfsizlik ta'minlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan holda yo'lovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish;
avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yo'nalish bo'yicha harakat jadvaliga va Yo'l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
foydalanishda bo'lgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud bo'lishini ta'minlash;
yo'llarda harakatlanish xavfsizligini ta'minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish.
lex.uz’dagi asl matnAvtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)
I2-4-band. I. Umumiy qoidalar — I2-4-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.