Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish vaqtida: ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning ma'muriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og'irlashtiruvchi holatlar bor-yo'qligini, mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni to'g'ri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart.
Bu holatlar quyidagi vositalar: ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari, jabrlanuvchi, guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, ashyo va hujjatlarni olib qo'yish to'g'risida tuzilgan bayonnoma, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi.
Bunda Kodeksning tegishli moddalarida ma'muriy jazoni kuchaytirish nazarda tutilgan va takroriyligi hisobga olinadigan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda ma'muriy ishni ko'rib chiqayotgan mansabdor shaxs huquqbuzarning avvalgi huquqbuzarliklarining takroriyligini aniqlashi shart.
Alkogoldan, giyohvand moddadan yoki o'zgacha tarzda mast bo'lgan holda transport vositasini boshqarish, tibbiy ko'rikdan o'tishdan bo'yin tovlash, svetoforning yoki yo'l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo'ysunmaslik, ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to'xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaslik, belgilangan tezlikni oshirish, temir yo'lning o'tish joylaridan o'tish qoidalarini buzish, transport vositalarini quvib o'tish qoidasini buzish, transport vositalari haydovchilarining to'sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o'tib ketishiga xalaqit berishi, yo'lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo'ljallangan tomoniga yoki bo'lagiga yo'l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, avariya holatini keltirib chiqarish, odam tashish qoidalarini buzish, transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qo'llarni ishlatmasdan turib so'zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno) yoki transport vositasi salonining old qismiga o'rnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish, yuk tashish, shatakka olish qoidalarini buzish, transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, boshqarish huquqi bo'lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishning topshirilishi qo'pol huquqbuzarliklar hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
39-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 39-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.