Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

38-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 38-band

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish mazkur ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxsning o'zini tanishtirishdan boshlanadi. Ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko'rib chiqilishi lozimligini, ma'muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e'lon qiladi, ishni ko'rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma'muriy bayonnomani o'qib eshittiradi. Ishni ko'rib chiqishda qatnashayotgan shaxslar tinglanadi, dalillar o'rganiladi va tushgan iltimoslar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.