«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

6-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar teng huquqliligi

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdir. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e'tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi. Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik e'tiqodi bilan bog'liq holda fuqarolarda adovat va nafrat uyg'otish yoxud ularning his-tuyg'ularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy e'tiqod ob'yektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi. Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim o'z diniy e'tiqodlarini sabab qilib bo'yin tovlashi mumkin emas. Diniy e'tiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo'l qo'yiladi. Bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.