«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

5-modda. Vijdon erkinligini ta'minlashning asosiy ustuvorliklari

Vijdon erkinligini ta'minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat: fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo'lgan o'z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish; konfessiyalar o'rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag'rikenglikni ta'minlash; vijdon erkinligini ta'minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish; vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta'minlash; jamoat tartibiga, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog'lig'i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g'oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita vijdon erkinligini, shuningdek vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qo'llanilishini ta'minlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo'lgan vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.