Diniy tashkilot qonunchilikka muvofiq uning tashabbuskorlari (ta'sischilari) qaroriga ko'ra tashkil etiladi.
Diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta'sischilari) ta'sis yig'ilishini (konferentsiyasini) chaqiradi, unda ustav qabul qilinadi va rahbar organlar tuziladi.
Diniy tashkilot ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e'tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Diniy tashkilot yuridik shaxsdir.
Diniy tashkilot diniy tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasi bo'yicha markaziy boshqaruv organi (bundan buyon matnda markaziy boshqaruv organi deb yuritiladi), diniy ta'lim muassasasi yoki mahalliy diniy tashkilot shaklida tashkil etilishi mumkin.
Diniy ta'lim muassasasi ro'yxatdan o'tkazilganidan va vakolatli organning tegishli litsenziyasini olganidan keyin o'z faoliyatini amalga oshirish huquqini oladi.
Diniy tashkilot belgilangan tartibda taqdim etiladigan yer uchastkalarida, vakolatli organ bilan kelishuvga ko'ra tashkil etiladi.
Tegishli diniy professional ta'limga ega bo'lgan shaxs diniy tashkilotning rahbari bo'lishi mumkin, bundan diniy ta'limotida diniy professional ta'lim tizimi nazarda tutilmagan konfessiyalar mustasno.
Diniy tashkilotni qayta tashkil etish uning rahbar organining qaroriga ko'ra qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish va o'zgartirish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Diniy tashkilotni qayta tashkil etish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
11-modda. Diniy tashkilotni tashkil etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.