«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

10-modda. Diniy mazmundagi materiallar, ularni tayyorlash, olib kirish va tarqatish

Diniy mazmundagi materiallar diniy ta'limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta'limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta'limotlarning marosimlar o'tkazish amaliyotini, shuningdek alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, kontsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilardan (disketlar, CD, DVD disklari, o'rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog'ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) iboratdir. O'zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag'rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo'ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g'oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.