Vasiy yoki homiy o'zining arizasiga ko'ra o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Homiy homiylikdagi shaxsning talabiga ko'ra o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim.
Vasiyni yoki homiyni o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish to'g'risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.
Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.
Sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning homiysi o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, homiylikdagi shaxsning roziligi bilan homiy sifatida boshqa shaxs tayinlanadi.
Vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajargan shaxs o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinganligi to'g'risida unga ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vasiylik va homiylik organiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
29-modda. Vasiyning yoki homiyning o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi
(29-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Vasiy yoki homiy (boqalovchi) o'z ishini davom ettira olmasa, undan ozod qilinishi mumkin. Buni o'zi so'rashi yoki boshqalar talab qilishi mumkin. Ozod qilingan taqdirda, boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoki boshqa usul topiladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida voyaga yetmaganlarga, muomalaga layoqatsiz yoki cheklangan huquqli odamlarga tayinlangan vasiy va homiylarni hamda ularning o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishini tartibga soladi.
**Amalda**
Ota-onasini yo'qotgan bolaning vasiysi kasallanib, uni boqiy olmasa, hokimiyat organiga ariza beradi. Hokimiyat uni ozod qilib, boshqa vasiy tayinlaydi. Ozod qilingan vasiy uch kun ichida hisobot taqdim etishi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.