Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:
vasiylikdagi shaxs vafot etganda;
voyaga yetmagan o'n to'rt yoshga to'lganda;
voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;
vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;
fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.
Voyaga yetmagan o'n to'rt yoshga to'lganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi bo'lib qoladi.
Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:
homiylikdagi shaxs vafot etganda;
homiylikdagi shaxs voyaga yetganda;
homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;
homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;
fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;
voyaga yetmagan to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinganda (emansipatsiya);
homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;
sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxsning sog'lig'i yaxshilanganda.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs tarbiya, sog'liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarida va boshqa shunga o'xshash muassasalarda vaqtincha bo'lganda vasiyning yoki homiyning uzrli sabablarga ko'ra o'z majburiyatlarini bajara olmasligi vasiyning yoki homiyning vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini bekor qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
28-modda. Vasiylikni va homiylikni tugatish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.