Turar joylarni almashtirish to'g'risidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi.
Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma bo'yicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno.
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondining uyidagi yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uyidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari hamda ijaraga oluvchi, uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarining a'zosi turar joyga ko'chib kirishining asoslari to'g'risidagi ko'rsatmalar, turar joyga mulk huquqini olayotgan shaxs (shaxslar), agar turar joyga mulk huquqi bir necha shaxsda vujudga keladigan bo'lsa, ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlari, shuningdek taraflardan birining bergan arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi kerak bo'lgan boshqa shartlar ko'rsatiladi.
Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Turar joylarni almashtirish shartnomasini tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi.
Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab o'n kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.
Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
112-modda. Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish
(112-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.