Uy-joy kodeksi

111-modda. Turar joylarni almashtirish to'g'risida ariza

(111-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Turar joylarni almashtirish istagida bo'lgan fuqarolar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar. Mulkdor, ijaraga oluvchi, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosining arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: turar joyga bo'lgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi; soliqlar, turar joydan foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar bo'yicha qarzi yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma; idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; turar joyning bir qismi almashtirilayotganda shu almashtirilayotgan turar joyda yashash uchun qolayotgan u yoki bu shaxs bilan nikohda bo'lganligi yoki qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar; oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha bo'lmagan a'zolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, shuningdek ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi; homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi; turar joyini kooperativ a'zosi bilan almashtirayotgan shaxs kooperativga qabul qilinganligi to'g'risidagi uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining qaroridan ko'chirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; bitta kooperativ a'zolari o'rtasida turar joylar almashtirilayotganda — uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining almashtirishga roziligi to'g'risidagi qaroridan ko'chirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi. Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ariza qabul qilingan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.