Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi sud tomonidan kreditorlar yig'ilishining qarori asosida, bunday qaror bo'lmaganda esa shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining yoki vazirlikning, idoraning va xo'jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga ko'ra ham, basharti ular qarzdorning majburiyatlari yuzasidan ta'minot bergan bo'lsa, joriy etilishi mumkin.
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi rejasi u kreditorlar yig'ilishiga taqdim etilguniga qadar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi bilan, davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshiruvchi korxonalar bo'yicha esa vazirlik, idora va xo'jalik boshqaruvi organi bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
Tegishincha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining hamda vazirlikning, idoraning, xo'jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga ko'ra ular tomonidan qarzdorning majburiyatlarni bajarishi ta'minoti ta'minlangan taqdirda, shu jumladan davlat kafolatlarini berish yo'li bilan ta'minlanganda, sud qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomiliga o'tishi to'g'risida, agar ilgari bunday tartib-taomil qarzdorga nisbatan qo'llanilmagan bo'lsa, qaror qabul qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
173-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi
(173-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Shaharni tashkil etuvchi yoki unga tenglashtirilgan korxona to'lovga qodir bo'lmasa, sud yoki mahalliy hokimiyat organi tashqi boshqaruvchi tayinlashi mumkin. Bu shaxs korxonaning ishlari bilan shug'ullanadi va uning qarzlarini to'lashga harakat qiladi. Tashqi boshqaruvchi rejasi oldindan mahalliy hokimiyat organi bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu qoida shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan davlat korxonalariga qo'llaniladi.
**Amalda**
Masalan, shahar transporti korxonasi qarzlarini to'lay olmasa, sud tashqi boshqaruvchi tayinlaydi. Bu shaxs oldindan hokimiyat organi bilan rejani kelishib, korxonaning ishlari bilan shug'ullanadi va qarzlarni to'lashga harakat qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.