Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo'lgan taqdirda sud tomonidan qo'zg'atilishi mumkin.
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish ko'rilayotganda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi va (yoki) tegishli vazirlik, idora, xo'jalik boshqaruvi organi ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida e'tirof etiladi.
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
172-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona to'lovga qobiliyatsizligining o'ziga xos xususiyatlari
(172-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.