«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

170-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy emas deb topish oqibatlari

Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos bo'ladi. Sud to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishni qayta tiklash haqida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kreditorlarning qaysi talablari bo'yicha ularga tegishli bo'lgan to'lovlarni kechiktirish va (yoki) bo'lib-bo'lib to'lash yoki qarzlardan siylov berish amalga oshirilgan bo'lsa, o'sha talablari ularning qanoatlantirilmagan qismi bo'yicha tiklanadi. Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi qarzdorga qoplangan xarajatlarni qaytarish va ushbu Qonun 165-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qanoatlantirish majburiyatini keltirib chiqarmaydi. Ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismda bitimlar haqiqiy emasligining qonunchilikda nazarda tutilgan oqibatlari yuzaga keladi. Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish yuritishni qayta tiklash haqidagi xabar sud tomonidan ommaviy axborot vositalarida qarzdorning mol-mulki hisobidan ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan tartibda e'lon qilinadi. Kreditorlarning kelishuv bitimi shartlari asosida hisob-kitob qilib bo'lingan, ushbu Qonunga zid bo'lmagan talablari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi. Qaysi kreditorlarning talablari kelishuv bitimining muayyan kreditorlarning ustunligini yoki boshqa kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlariga muvofiq qanoatlantirilgan bo'lsa, ushbu kreditorlar kelishuv bitimini bajarish tartibida olingan barcha narsalarni qaytarishi shart. Bunda mazkur talablar kreditorlarning talablari reyestrida tiklanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilishining oqibatlari** Nimani anglatadi Agar sud bankrotlik ishida tuzilgan kelishuv bitimini (kreditorlar bilan zarurdorning kelishuvini) haqiqiy emas deb topsa, u bekor qilinadi. Bu shuni anglatadiki, bitimda keltirilgan barcha shartlar o'z kuchini yo'qotadi va bankrotlik ishi qayta boshlanadi. Kreditorlarning qanoatlantirilib bo'lgan talablari yana tikiladi. Kimga tegishli Bu qoida zarurdor (qarzdor) va uning kreditorlariga tegishli. Amalda Masalan, zarurdor kreditorlar bilan kelishuv tuzib, ularga 50% to'lashga rozi bo'ldi. Lekin sud bu kelishuvni notog'ri tuzilgan deb topdi. Natijada kelishuv bekor bo'ladi, kreditorlar to'liq 100% talabini qayta ko'tarishlari mumkin va bankrotlik ishi yangi boshlanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.