«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

17-modda. Kreditorlar yig'ilishi tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi

Ovozga qo'yilgan masalalar bo'yicha kreditorlar yig'ilishining qarorlari yig'ilishda hozir bo'lgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish huquqiga ega bo'lgan har bir kreditor kreditorlar yig'ilishi o'tkazilayotgan sanadagi holatga ko'ra umumiy kreditorlik qarzidagi o'z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo'ladi. Kreditorlar yig'ilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo'lgan barcha kreditorlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qiladi: kelishuv bitimi tuzish to'g'risidagi qaror; sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror; qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to'g'risidagi qaror; sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror. Agar kreditorlarning yig'ilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega bo'lgan kreditorlarning zarur kvorumi bo'lmasa, kreditorlarning takroriy yig'ilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joy to'g'risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo'lsa, ushbu takroriy yig'ilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo'lgan va yig'ilishda hozir bo'lgan kreditorlar sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatlidir. Kreditorlar yig'ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan kreditorning arizasiga ko'ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar kreditorlar yig'ilishining qarori to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa, bunday qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Kreditor va (yoki) to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs qabul qilingan qaror haqida bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan kundan e'tiboran yigirma kun ichida ariza berishi mumkin. Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko'pchiligi ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko'pchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chog'ida har bir guruhda zarur ovozlar soni to'planmagan bo'lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi. Ovoz berish huquqiga ega bo'lgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Kreditorlar yig'ilishi — qarzdorning qarzlarini qanday hal qilish haqida qaror qabul qiladigan jismoniy va yuridik shaxslarning to'plami. Ular ovoz berish orqali kelishuv, sud boshqaruvchisini tayinlash yoki bankrotlik jarayonini boshlash haqida qaror qabul qiladi. Har bir kreditorning ovozi uning qarzdor qarzidagi ulushiga qarab hisoblanadi. **Kimga tegishli** Bu tartibi bankrotlik ishida ishtirok etuvchi barcha kreditorlar va sud tomonidan tayinlangan boshqaruvchi qo'llaydi. **Amalda** Agar kompaniya 100 million so'mni qarz qilgan bo'lsa va A kreditor 40 million, B kreditor 60 million bergan bo'lsa, A-ning 40 ta ovozi, B-ning 60 ta ovozi bo'ladi. Kelishuv bitimi haqida qaror qabul qilish uchun ularning ko'pchiligi "ha" deb ovoz berishi kerak.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.