«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

167-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni sud tomonidan rad etish

Ushbu Qonun 165-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan xarajatlarning o'rnini qoplashga va talablarni qanoatlantirishga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sud kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi. Sud quyidagi hollarda ham kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi: kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda; kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda; uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganda; kelishuv bitimining shartlari qonunchilikka zid bo'lganda. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi to'g'risida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.