«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

166-modda. Kelishuv bitimini sud tomonidan tasdiqlash oqibatlari

Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari jarayonida sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishning tugatilishi uchun asos bo'ladi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangan kundan e'tiboran sud boshqaruvchilarining vakolatlari tugatiladi. Qarzdor yuridik shaxsning tashqi boshqaruvchisi va tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari saylanguniga (tayinlanguniga) qadar o'z vakolatlarini bajarishni davom ettiradi. Kelishuv bitimi tasdiqlangan kundan e'tiboran tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi yoxud uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni to'lashga kirishadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.