«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

68-modda. Ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik

(68-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari: xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalariga o'qish uchun yuboradi; pedagog xodimlar va ta'lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi; rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi; o'z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferentsiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo'llab-quvvatlaydi. Ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.