«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

67-modda. Ta'lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi

(67-модда биринчи қисмининг тўққизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ta'lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta'lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi: ta'lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish; qo'shma fakultetlar, o'quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish; xalqaro darajadagi birgalikdagi ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash; hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; ilmiy-amaliy seminarlar, konferentsiyalar va simpoziumlar o'tkazish; talabalar, magistrlar, doktorantlar, o'qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish; ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish; qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar. Ta'lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.