«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

32-modda. Ta'lim tashkilotining ustavi

(32-модда учинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)

Ta'lim tashkilotining ustavi ta'lim turlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Ta'lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko'rsatiladi: ta'lim turi va shakli; ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari; o'quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni; ta'lim tashkilotiga qabul qilish tartibi; ta'lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari; ta'lim oluvchilar, pedagog kadrlar, o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha xodimlar, ma'muriy-boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari; ta'lim tashkilotining mol-mulki va vositalari; ta'lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi. Ta'lim tashkilotining namunaviy ustavi: umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda bolalar uchun qo'shimcha ta'lim tashkilotlari uchun — O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan; oliy ta'lim tashkilotlari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlari, shuningdek katta yoshdagilar uchun qo'shimcha ta'lim tashkilotlari uchun — O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha ta'lim tashkilotlari uchun — tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi. Ta'lim tashkilotining ustavi ta'lim tashkilotining ta'sischilari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegishlilik bo'yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro'yxatga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.