Nodavlat ta'lim tashkilotlari o'z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan qo'shimcha ta'limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta'lim tashkilotlari mustasno.
Nodavlat ta'lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta'lim xizmatlari ko'rsatadi.
Davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni beradi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi ta'lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjat berilishi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi ta'lim tashkilotlari belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o'tishi kerak.
Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko'rsatilgan o'quv dasturlari bo'yicha ta'lim xizmatlari ko'rsatadigan nodavlat ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarga O'zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni beradi.
Nodavlat ta'lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yuqori kasbiy mahoratga ega bo'lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo'yicha chora-tadbirlar ko'radi.
Nodavlat ta'lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturlari bo'yicha o'qitish ta'lim oluvchi yoxud uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta'lim tashkiloti o'rtasida tuziladigan, o'qitish muddatlari, shartlari va to'lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
31-modda. Nodavlat ta'lim tashkilotlari
(31-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.