Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari:
o'zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan o'z vaqtida hisob-kitob qilishlari;
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega bo'lishlari;
pochta manzili va boshqa rekvizitlari o'zgarganligi to'g'risida tegishli davlat organlarini o'z vaqtida xabardor qilishlari;
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;
o'z faoliyatlari to'g'risidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.