«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

8-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining huquqlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari quyidagilarga haqli: qonun hujjatlariga muvofiq o'ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va o'z mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) iste'molchilarini tanlash; tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari bundan mustasno; o'z mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo'yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yo'li bilan; belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.