«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari

(33-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2006 йил 18 сентябрдаги ЎРҚ-52-сонли Қонуни таҳририда — Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006 й., 37-38-сон, 371-модда)

Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik faoliyati sub'yekti firma nomiga bo'lgan huquqqa ega bo'lib, bu nom uning ta'sis hujjatlarida ko'rsatiladi. Firma nomiga bo'lgan huquq tadbirkorlik faoliyati sub'yekti davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan e'tiboran yuzaga keladi Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining ilgari ro'yxatdan o'tkazilgan firma nomiga juda o'xshash bo'lib, tegishli tadbirkorlik sub'yektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo'lgan firma nomi ro'yxatga olinishi mumkin emas. Tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning ro'yxatga olinganligi asosida beriladi. Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) foydalanish, ularga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritishga bo'lgan mutlaq huquq ana shu nom va belgi egasiga tegishli bo'ladi. Firma nomini, tovar belgisini (xizmat ko'rsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat ko'rsatish belgisining) o'ziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir o'zgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko'rsatish belgisi) daxlsizligiga bo'lgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko'rsatish belgisi) egasiga tegishlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.