Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno bo'lib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati to'lanadi. Rekvizitsiya to'g'risidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to'g'risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.