Fermer va dehqon xo'jaliklari suv iste'molini ularga xizmat ko'rsatuvchi suv iste'molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv ob'yektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Fermer va dehqon xo'jaliklarining suv ob'yektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz o'zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Fermer va dehqon xo'jaliklarining suv iste'moli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
29-modda. Fermer va dehqon xo'jaliklarining suv iste'molini amalga oshirish kafolatlari
(29-модда Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-240-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 52-сон, 555-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.