Fermer va dehqon xo'jaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilg'i-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral o'g'itlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xo'jalik yuritish sub'yektlari bilan teng huquqlarga ega.
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) fermer va dehqon xo'jaliklarining urug'lik materiallarga, ko'chatlarga, qishloq xo'jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
28-modda. Fermer va dehqon xo'jaliklarining moddiy-texnika resurslari, urug'lik materiallar, ko'chatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.