Suv kodeksi

43-modda. Davlat suv kadastrining tuzilishi

Davlat suv kadastri quyidagi bo'limlardan iborat: yer usti suvlari; yer osti suvlari; suvdan foydalanish; ichimlik suvi va oqova suvlar. Davlat suv kadastri ma'lumotlari umuman O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududi va viloyatlar, daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari bo'yicha, yer osti suvlari bo'limi yuzasidan esa gidrogeologiya mintaqalari bo'yicha ham yuritiladi. Yer usti suvlarining resurslari, ularning sifati va xo'jalik faoliyati ta'siridagi o'zgarishi to'g'risidagi ma'lumotlar umuman Qoraqalpog'iston Respublikasining, viloyatlarning hamda O'zbekiston Respublikasining suv ob'yektlari va ularning uchastkalari, daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari bo'yicha umumlashtiriladi. Yer osti suvlarining resurslari, ularning sifati va xo'jalik faoliyati ta'siridagi o'zgarishi to'g'risidagi ma'lumotlar Qoraqalpog'iston Respublikasining, viloyatlarning va O'zbekiston Respublikasining suv konlari, daryolar havzalari bo'yicha umumlashtiriladi. Suvdan foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlar umuman Qoraqalpog'iston Respublikasining, viloyatlarning va O'zbekiston Respublikasining daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, xavf darajasi yuqori bo'lgan suv xo'jaligi ob'yektlari bo'yicha, shuningdek suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha umumlashtiriladi. Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma'lumotlari O'zbekiston Respublikasi Milliy geoaxborot tizimiga uyg'unlashtirilgan holda shakllantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.