Suv kodeksi

42-modda. Davlat suv kadastrining ma'lumotlaridan foydalanish

Davlat suv kadastrining ma'lumotlari quyidagilar chog'ida foydalanish uchun mo'ljallangan: suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirishda hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda; mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda; suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xo'jaligi balanslarini tuzishda; suvdan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan suv xo'jaligi, transport, sanoat tuzilmalarini, boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirishda; gidrologik va gidrogeologik sharoitlar, daryolar suvining hajmi va sifati o'zgarishlarini prognoz qilishda; suv xo'jaligi tizimlarining ish samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda; suv olishni va suv chiqarib yuborishni, shuningdek suv sifati ko'rsatkichlarini normalashtirishda; suvning zararli ta'sirining oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishda; suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish tadbirlari o'tkazilishi ustidan davlat nazoratini belgilashda; suvdan foydalanuvchilar o'rtasidagi, shuningdek suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga solishda; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog'liq boshqa masalalarni hal etishda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.