Davlat suv kadastri O'zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismidir.
Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv ob'yektlari, suv resurslari, suv rejimi, suvning sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek suvdan foydalanuvchilar va suv xo'jaligi ob'yektlari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo'yi mintaqasi va sanitariya muhofazasi zonasi, ichimlik, oqova va kollektor-drenaj suvlari to'g'risidagi tizimlashtirilgan, doimiy to'ldirib boriladigan va zarurat bo'lganda aniqlashtiriladigan ma'lumotlar to'plamini ifodalaydi.
Suv ob'yektlarini, suvdan foydalanuvchilarni va suv xo'jaligi ob'yektlarini ro'yxatdan o'tkazish, suvning miqdori va sifatini hisobga olish, suv resurslarini va ulardan foydalanishni baholash davlat suv kadastrining tarkibiy qismlaridir.
Davlat suv kadastri mahalliy davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni suv ob'yektlari hamda suv xo'jaligi ob'yektlari, suv resurslari, suv rejimi, suvning sifati va undan foydalanish, shuningdek suvdan foydalanuvchilar to'g'risidagi zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan.
Belgilangan tartibda qabul qilingan davlat suv kadastri suv va suv xo'jaligi munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish bilan bog'liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda majburiy yuridik kuchga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn40-modda. Davlat suv kadastri
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.