Litsenziya bekor qilingan kundan e'tiboran besh kun ichida vakolatli davlat organi sug'urtalovchini (qayta sug'urtalovchini) tugatish to'g'risidagi ariza bilan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi shart.
Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) ilgari faoliyat ko'rsatgan boshqaruv organlarining vakolatlari to'xtatib turiladi va vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadigan muvaqqat ma'muriyatga o'tadi. Muvaqqat ma'muriyat o'z faoliyatini sud qaror chiqarguniga qadar bo'lgan davrda amalga oshiradi.
Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) muvaqqat ma'muriyatining hisoboti vakolatli davlat organiga va sug'urtalovchini (qayta sug'urtalovchini) tugatish to'g'risida vakolatli davlat organining arizasi yuborilgan sudga taqdim etiladi.
Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) muvaqqat ma'muriyati o'z faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, bundan sug'urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma'muriy xarajatlari), sug'urtalovchiga (qayta sug'urtalovchiga) kelib tushayotgan pullarni hisobga olish va ilgari tuzilgan sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta hodisalari yuz berganda sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lash bilan bog'liq operatsiyalar mustasno.
Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) muvaqqat ma'muriyatining ish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida belgilangan qoidalar sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) arizasiga binoan litsenziya bekor bo'lishi hollariga nisbatan, shuningdek sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) ta'sischilarining yoxud ta'sis hujjatlarida shunga vakolat berilgan ushbu sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) boshqaruv organining qaroriga ko'ra qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda tatbiq etilmaydi.
Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) litsenziyasini ixtiyoriy bekor qilishga oid, shuningdek sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) ta'sischilarining yoxud ta'sis hujjatlarida shunga vakolat berilgan ushbu sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) boshqaruv organining qaroriga ko'ra qayta tashkil etish yoki tugatish munosabati bilan litsenziyani bekor qilishga oid arizalarni taqdim etish hamda ko'rib chiqish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
44-modda. Sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) litsenziyasi bekor bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari
(44-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.