«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

43-modda. Sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turishning o'ziga xos xususiyatlari

Sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turish uning yangi sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalarini tuzishini, shu jumladan amaldagi sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalarini uzaytirishni taqiqlashga sabab bo'ladi. Litsenziyasi to'xtatib turilgan sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) ilgari tuzilgan sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalari bo'yicha o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.