Sug'urta va qayta sug'urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sug'urtaning (qayta sug'urtaning) har qanday turi bo'yicha vositachilik faoliyatini vakolatlari doirasida amalga oshirish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
sug'urta (qayta sug'urta) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug'urtalovchini tanlash;
sug'urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sug'urta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari to'g'risida, shuningdek sug'urtalovchining to'lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko'rsatkichlar haqida ma'lumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko'rsatish.
Sug'urta va qayta sug'urta brokerlari qonunchilikka hamda o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Sug'urta va qayta sug'urta brokerlari:
sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sug'urta (qayta sug'urta) shartnomasini tuzish va bajarish bo'yicha to'liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so'rovlariga ko'ra taqdim etishi;
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma'lumotlarni oshkor qilmasligi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga ko'ra taqdim etishi;
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan yeri o'zgargan taqdirda, bu haqda vakolatli davlat organini hamda sug'urtalovchilarni xabardor qilishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug'urta va qayta sug'urta brokerlarining zimmasida qonunchilikka hamda o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
17-modda. Sug'urta hamda qayta sug'urta brokerlarining huquq va majburiyatlari
(17-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.