O'z nomidan va qayta sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi sug'urtalovchining topshirig'iga binoan qayta sug'urta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs qayta sug'urta brokeridir.
Qayta sug'urta brokeri o'z faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Qayta sug'urta brokerining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Qayta sug'urta brokeri sug'urtalovchining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas.
Qayta sug'urta brokeri o'zi va sug'urta qildiruvchi o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko'rsatadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
16-modda. Qayta sug'urta brokeri
(16-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.