Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o'n yillik muddatga va lavozimda bo'lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi.
Sudyaning vakolatlari muddati uning sudyalik lavozimida bo'lgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo'lishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun — oltmish besh yoshni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo'lishning eng yuqori yoshi o'zining roziligi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yilgacha, boshqa sudlar sudyasining yoshi esa O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan xuddi shunday besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
71-modda. Sudyaning vakolatlari muddati va uni hisoblash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.