O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o'rinbosari, rais o'rinbosari — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atining raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Viloyat, Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisi, rais o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi raisi, rais o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishib olingan xulosasi asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi raisi, rais o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud raisi, rais o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
70-modda. Sud raisini, rais o'rinbosarini lavozimga saylash va tayinlash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.