«Sudlar to'g'risida»gi qonun

68-modda. Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo'yiladigan talablar

Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo'yicha kamida o'n besh yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida yetti yillik ish stajiga ega bo'lgan shaxs O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi bo'lishi mumkin. Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo'yicha kamida o'n yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo'lgan shaxs O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudining sudyasi bo'lishi mumkin. Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, o'ttiz besh yoshga to'lgan va yuridik ixtisoslik bo'yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo'lgan shaxs tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo'lishi mumkin. Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o'qishi shart. O'qish davrida ular asosiy ish joyi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq o'qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.