O'ttiz besh yoshga to'lgan, oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod bo'lishi mumkin.
Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod bo'lishi mumkin emas:
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs;
ilgari sudlangan yoki o'ziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo'yicha tugatilgan shaxs;
chet davlat fuqaroligiga ega bo'lgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega bo'lgan shaxs;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e'tirof etilgan shaxs;
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs;
sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan shaxs.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
67-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodga qo'yiladigan talablar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.