Soliq solish ob'yektlari va (yoki) soliq solish bilan bog'liq ob'yektlar to'g'risidagi axborotni umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yig'imlarni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadida ushbu Kodeks talablariga muvofiq soliq to'lovchi yoki soliq agenti tomonidan hisob hujjatlarini yuritish soliq solish maqsadlarida hisobga olish deb e'tirof etiladi.
Hisob hujjatlari soliq solish ob'yektlarini va soliq solish bilan bog'liq ob'yektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va yig'imlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo'lgan boshlang'ich hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
Agar ushbu moddaning to'rtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, soliq solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish majburiyati yuklatilmagan shaxslar soliq solish maqsadlarida hisobga olishni ushbu bobga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
Soliq solish maqsadlarida hisobga olishga nisbatan soliq organlarining axborot tizimlaridan majburiy foydalanishga doir talablar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan tartibda belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
76-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobga olish va hisob hujjatlari
(76-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-741-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2021 й., 03/21/741/1219-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.