Soliq kodeksi

61-modda. Soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi

(61-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq to'lovchilarning xo'jalik faoliyati bo'yicha jami moliyaviy natijasini hisobga olgan holda foyda solig'ini (bundan buyon matnda soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo'yicha foyda solig'i deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va to'lash maqsadida, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartib hamda shartlarda tegishli shartnoma asosidagi ixtiyoriy birlashmasi soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi deb e'tirof etiladi. Soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to'g'risida tuzilgan amaldagi shartnomaning tarafi bo'lgan va ushbu Kodeksda bunday guruh ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiradigan yuridik shaxs soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi deb e'tirof etiladi. Soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq zimmasiga soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo'yicha foyda solig'ini hisoblab chiqarish va to'lash majburiyati yuklatilgan ishtirokchi soliq to'lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas'ul ishtirokchisi deb e'tirof etiladi. Ko'rsatilgan soliqni hisoblab chiqarish va to'lashga oid huquqiy munosabatlarda, foyda solig'ini to'lovchilar kabi, soliq to'lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas'ul ishtirokchisi shunday huquqlarni amalga oshiradi va majburiyatlarni zimmasiga oladi. Ushbu Kodeksga va O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuzilgan soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to'g'risidagi shartnoma soliq to'lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas'ul ishtirokchisining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatdir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.