Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig'idan va yer solig'idan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig'ini to'lashdan o'zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo'lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo'lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.
2026 yil 1 apreldan e'tiboran maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan soliq to'lovchilarga nisbatan foyda solig'i bo'yicha imtiyoz ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab belgilanadigan muddatga amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi tarzida qo'llaniladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direktsiyasi o'rtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish to'g'risidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qo'shilgan qiymat solig'i va boshqa soliqlar bo'yicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari
(473-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.