Ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda qo'llaniladi:
1) yuridik shaxslar qonunchilikda belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;
2) chet ellik investorlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
3) yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, aktsiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz bo'lganda;
4) chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
5) ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi natijasida ularning qo'llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yo'naltirilganda.
Ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat o'tganidan keyin bir yil o'tmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o'z mamlakatiga o'tkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat berilgan soliq imtiyozlari summalarining o'rni byudjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.
Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq bo'lmagan davr uchun soliqlar ushbu Kodeksning VIII bo'limida nazarda tutilgan penyalar qo'llanilgan holda, umumbelgilangan tartibda to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
472-modda. To'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan soliq imtiyozlarini qo'llash tartibi
(472-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.