Soliq kodeksi

457-modda. Soliq solish ob'yekti

(457-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-891-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.12.2023 й., 03/23/891/0989-сон — 2024 йил 1 апрелдан эътиборан амалга киритилади)

Quyidagilar yig'imlarning soliq solish ob'yektidir: chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti; yuk ko'tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq solish ob'yekti jumlasiga quyidagilar kirmaydi: 1) karyerlar hududida ishlaydigan og'ir yuk ko'taradigan avtosamosvallar; 2) avtokranlar; 3) O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi avtotransport vositalari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.