Soliq kodeksi

456-modda. Soliq to'lovchilar

(456-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 майдаги ЎРҚ-1063-сонли Қонунига асосан тўртинчи ва бешинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2025 й., 03/25/1063/0445-сон)

Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'imning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi. Yuk ko'tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining egalari ushbu vositalarning avtomobil yo'llari bo'ylab harakatlanishi huquqi uchun yig'imning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to'g'risidagi tasdiqnomaga ega bo'lgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig'imning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi. Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to'g'risidagi tasdiqnomaga ega bo'lgan yuridik shaxslar pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi. Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to'g'risidagi tasdiqnomaga ega bo'lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.