Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organning ma'lumotlari bo'yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.
Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo'jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) sug'oriladigan yoki sug'orilmaydigan yerlari uchun o'rtacha hisobda aniqlanadi.
Jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo'yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma'lumotlari bo'yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo'yicha soliq bazasi o'z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma'lumotlari bo'yicha aniqlanadi.
Davlat ko'chmas mulk ob'yektini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur ob'yekt egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur ob'yektga «tasarruf etish huquqisiz» belgisini qo'ygan holda davlat orderi berilgan bo'lsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur ob'yekt bo'yicha sotib olish to'lovlarining to'langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.
Bunda soliqlar davlat ko'chmas mulk ob'yekti bo'yicha sotib olish to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo'mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
435-modda. Soliq bazasi
(435-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонунига асосан бешинчи ва олтинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.