Soliq kodeksi

434-modda. Soliq solish ob'yekti

(434-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-891-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.12.2023 й., 03/23/891/0989-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob'yektidir: 1) jismoniy shaxslarga qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo'jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari; 2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari; 3) jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari; 4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar; 5) meros bo'yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o'tgan yer uchastkalari; 6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari; 7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari. Ko'p kvartirali uylar egallagan va ko'p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko'p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish ob'yekti bo'lmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko'rsatilgan yer uchastkalari va ko'p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.